Benites Xitoy klubini boshqarishga rozilik berdi

Eldor Akmurzayev
1 iyul 2019, 22:20
"Nyukasl Yunayted"ning sobiq ustozi Rafael Benites Xitoyning "Dalyan Ifan" klubini boshqarishga rozi bo'ldi, deya xabar qiladi Sky Sports.

Manbaga ko'ra, 59 yoshli mutaxassisning yangi jamoa bosh murabbiyligidagi tanishtiruv marosimi ertaga, 2 iyul sanasida o'tkaziladi. Xitoy superligasi vakili bo'lgan jamoa Benitesga 13,4 mln. evro miqdoridagi maosh taklif qilgan. 

"Dalyan Ifan" tarkibida Marek Gamshik, Yannik Karrasko, Emmanuel Boateng, Nyasha Mushekvi kabi legioner futbolchilar bo'lib, klub hozirda mamlakat chempionatining 15 turidan so'ng, 17 ochko to'plagan holda jadvalda 10 o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports