Benites "Real" va "Liverpul" juftligi haqida nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
5 apr 2021
"Liverpul" va "Real"ning sobiq ustozi Rafael Benites ushbu jamoalarning YCHL 1/4 finalida to'qnash kelishi haqida gapirdi.

- Kimni favorit sifatida ko'ryapsiz?
- Ikki jamoa ham ajoyib. Yaqqol favoritni ajratib o'tish qiyin.

- O'yin qanday o'tishini kutyapsiz?
- "Liverpul" ushbu mavsumda eng o'xshayotgan ishini qilishda davom etadi, yani, intensiv ravishda pressing qiladi. Ular "Leyptsig"ga qarshi ikkala o'yinda ham buni ko'rsata olishgandi. Bu esa muvaffaqiyat kaliti bo'ldi.

- "Liverpul" tez o'ynaydi. "Real" esa doimgidek tempni tushirishga harakat qiladimi?
- Ha, "Liverpul" tez o'ynaydigan jamoa. "Real" esa bir tempni ushlab tura oladi. O'yinda kim o'zining tempini ko'rsata olsa, o'sha jamoa g'alaba qozonsa kerak.

- Muxlislarning yo'qligi kimga foydali?
- "Real"ga. "Enfild"dagi atmosfera raqib jamoani eb qo'yadigan darajada qo'rqinchli. Bu "Liverpul"ga ko'p narsa berardi. 4:0 hisobi ham shu orqali kelgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal