Benites: "Nyukasl" Sissoko va Veynaldumni sotmoqchi emas"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2016, 16:10
"Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benitesning ma'lum qilishicha, klub o'z yetakchilari Mussa Sissoko va Jorjino Veynaldumlarni sotmoqchi emas.

"Biz Sissoko va Veynaldumni sotish niyatida emasmiz. Jamoa barqarorlikka erishishi kerak, keyin esa to'g'ri qaror qabul qilamiz. Veynaldu - haqiqiy professional va mashg'ulotlarda bor kuchini ishga soladigan yaxshi futbolchi .

Avval ham shunga o'xshash holatlar bo'lgan. Futbolchilar biror narsadan norozi bo'lishlari mumkin, ammo ular professionallar, shu sababli ular ishlashda davom etishadi" - deydi Benites.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports