Benites: “Napoli” to'rtinchi golni ham urishi mumkin edi”

7 noya 2013, 11:14
“Napoli” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites, Chempionlar ligasi o'yinlari doirasida “Marsel”ga qarshi o'yinda (3:2), jamoasining o'yiniga baho berib o'tdi.

“Jamoaning bu o'yindagi g'alabasi va to'qqiz ochkoga ega bo'lgani murabbiyni qoniqtirishi aniq. Yanada yaxshiroq o'ynasak bo'lardimi? Ha. Menga har bir o'tkazib yuborilgan golga javob qaytirishimiz juda yoqdi. Fikrimcha uchinchi goldan so'ng yana bitta gol urishga imkoniyatimiz bor edi. To'rtta o'yindan uchtasida g'alaba qozonish yaxshi natija”, - Benitesning so'zlarini keltiradi ispan OAV.


Manba: championat.com