Benites: "Messi bilan ishlashni istardim"

Mirjalol Normatov
28 avg 2019, 22:14
"Real"ning sobiq ustozi, ayni damda "Dalyan Ifan"ni boshqarayotgan Rafa Benites "Barselona" sardori Leo Messi bilan birga ishlashga qarshi bo'lmaydi.

"Messi bilan? Albatta, u bilan birga ishlashni istardim. U ajoyib futbolchi. Bir tomonda o'tirib, uning o'yinlaridan zavq olaman. Argentina termasi safida "Manchester Siti" maydonida mashg'ulot o'taganida u bilan futbol borasida ajoyib suhbat qurgandim", - dedi Benites.

Benites faoliyati davomida "Valensiya", "Chelsi", "Liverpul", "Napoli", "Inter", "Real" va "Nyukasl" kabi jamoalarni ham boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal