Benites APLga qaytishga yaqin

Eldor Akmurzayev
4 okt 2022, 10:00
Ispaniyalik taniqli mutaxassis Rafael Benites murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.

Britaniya nashrlari xabariga ko'ra, u “Nottingem Forest” ustoziga aylanishi kutilmoqda. Klub rahbariyati jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Stiv Kuperni iste'foga chiqarish ustida ishlamoqda. Uning o'rnini esa Benites egallaydi.

62 yoshli Rafael Benites bungacha Angliyada “Liverpul”, “Chelsi”, “Nyukasl Yunayted” hamda “Everton” klublarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Telegraph