“Benfika” “yangi Ronaldu”ni Madridga yuborishdan bosh tortdi

27 may 2019, 09:20
“Benfika” Joau Felish borasidagi navbatdagi taklifni rad etdi.

Ma'lum bo'lishicha, “Atletiko Madrid” Felish uchun 80 mln evro to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq bu mablag' “Benfika” rahbarlarini qoniqtirmagan. Felishga ayni damda Yevropaning ko'plab grandlari qiziqish bildirmoqda. “Benfika” esa uni 2019/20 yilgi mavsumda ham klubda saqlab qolishga urinmoqda. Futbolchining transferi bo'lsa, 120 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24