"Benfika" Turkiya terma jamoasi yetakchilaridan birini sotib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2024, 12:50
Portugaliyaning "Benfika" klubi "Galatasaroy" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi.

Kerem Aktyurkogluning "burgutlar" bilan kelishuvi 5 yilga mo'ljallangan. Transfer narxi 12 million evroligi aytilmoqda. 

Ma'lumotlarga qaraganda, turkiyaliklar futbolchining keyingi transferidan 10% ulushga ham ega bo'ladi.

Kerem yiliga 2 million evro maosh oladi va uning tovon puli 60 million evro etib belgilandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: abola.pt