"Benfika" Felishni 100 mln. evroga ham sotmasligini ma'lum qilib, uning transfer narxini belgiladi

Eldor Akmurzayev
25 may 2019, 00:25
Benfikaning ijrochi direktori Domingos Soaresh de Oliveyra jamoaning 19 yoshli futbolchisi Joau Felish uchun kurash olib borayotgan klublar uni sotib olishni istasa, klub hisobiga juda katta summani o'tkazib berishi kerakligini ma'lum qildi.

Bizning maqsadimiz – jamoani saqlab qolish. Agar Felish uchun 100 mln taklif qilishsa, biz uni sotmaymiz. Albatta, bu katta mablag'. Portugaliyada hal bu kabi summaga futbolchi sotilmagan. Biroq, biz maydonda g'alaba qozonishni istaymiz va buning uchun barcha narsani qilishga tayyyormiz. Agar uning uchun 120 mln. evrolik taklif tushmaydigan bo'lsa, u holda Joau klubda qoladi, – deya qayd etgan jamoa rahbarlaridan biri.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com