“Benevento” bu mavsum “Milan”dan 4 ochko tortib oldi

22 apr 2018, 08:50
Kecha Italiya A Seriyasining 34-turida “Benevento” safarda “Milan”ni mag'lub (1:0) etib, katta shov-shuvga sababchi bo'lgandi.

Kampaniyaliklar joriy mavsum “rossoneri”larga qarshi kechgan 2ta uchrashuvda nomdor raqibdan 4 ochko olishga muvaffaq bo'lishdi. Bu bilan “Benevento” “Milan”ga noqulay raqib ekanligini isbotladi.

Boisi, “Benevento” A Seriyaning hech qaysi jamoasidan 4 ochko ololmagan. Jamoa turnir jadvalida 17 ochko bilan so'nggi o'rinni egallab turibdi. 20 may kuni “Benevento” chempionatning so'nggi turida “Kevo” bilan to'qnash keladi. Birinchi davrada veronaliklar 0:1 hisobida yutqazishgandi. “Kevo” ham “Milan” safiga qo'shilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar