Benatia "Maync"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
17 dek 2014, 23:27
"Bavariya" himoyachisi Mexdi Benatia "Frayburg" bilan o'yinda jarohat olib maydonni tark etgandi.
Mexdi Benatia jamoasining keyingi "Maync"ga qarshi bellashuvida maydonga tusha olmasligi oydinlashdi. Shuningdek, o'yin davomida jarohatlangan Robert Levandovski va Xabi Alonsoning ham keyingi uchrashuvda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.