Benatia: "Bavariya"da menga Riberi va boshqalar yordam berishyapti"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2014, 12:34
"Bavariya" himoyachisi Mexdi Benatia o'z jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirdi.
"Roma" sobiq futbolchisining takidlashicha, u o'zini nemislarning grand jamoasida juda yaxshi his qilyapti.
"Bavariya"ga kelishim bilanoq hammaning qo'llab-quvvatlashini his qildim. Bu yerda men o'zimni hudddi uydagidek tasavvur qilishim uchun klubdagilar barcha ishni qilishdi. Jamoa tarkibidagi o'yindan so'ng o'zimni yanada yaxshi his qilyapman. Ayniqsa Riberi menga katta yordam beryapti. U francuz va nemis tilini biladi va men uchun tarjimon rolini bajaryapti" - deydi Benatia.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com