Ben-Yedder "Monako"ga o'tishga yaqin

Alisher
13 avg 2019
"Sevilya"ning fransiyalik hujumchisi Vissam Ben-Yedder "Monako"ga o'tishga yaqin.

Ben-Yedder hozirda Monakoda va bugun u tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda. 29 yoshli forvard Fransiya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Transfer esa 40 million evroga amalga oshadi. Uning "Sevilya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq, Ben-Yedderga "Manchester Yunayted" va "Pari Sen-Jermen" klublari qiziqayotganligi to'g'risidagi xabarlar yangragan edi.

Futbolchi yakunlangan mavsum La Ligada 35ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 9ta assistga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport