Ben Chiluell uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
28 dek 2021, 22:57
"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell YCHL 5-tur doirasida o'tgan “Yuventus” (4:0)ga qarshi bahsda jarohat olgandi.

Ushbu jarohatdan so'ng, futbolchi jarrohlik amaliyotisiz sog'ayib ketishi kutilayotgan edi. Bir oy davomida konservativ usulda davolash ishlari olib borildi. Ammo, Chiluellning tizzasidan olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Endi, futbolchi jarrohlik stoliga yotishiga to'g'ri keladi. Shu sabab ham, Ben Chiluell uchun mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Guardian