

Fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Fenerbexche" qiziqayotgan edi, ammo transfer amalga oshmadi. 30 yoshli xavbek "Instagram"dagi sahifasi orqali Parij klubida qolishini ma'lum qildi.
"Kutilganidek. Men qolaman" - deyiladi xabarda.
Xatem Ben-Arfa hamda PSJ o'rtasidagi bitim 2018 yilda yakuniga etadi. So'nggi mavsum futbolchi Fransiya chempionatining 23 ta uchrashuvida maydonga tushdi.



