Belsa “Lill” bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi

Aslanov Jasurbek
24 may 2017, 01:55
Argentinalik mutaxassis Marselo Belsa “Lill” bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirildi.

-Xotinim matbuot anjumani paytida jurnalistlarni ko'ziga qarashim kerakligini ta'kidladi, deya gap boshladi argentinalik mutaxassis kulib. –Qanday o'yin namoyish etamiz? Ko'proq hujum qilish, yaxshi himoyalanishga harakat qilamiz. To'pni nazorat qilishga urinib ko'ramiz. Bu qanchalik amalga oshadi maydonda guvoh bo'lasizlar. Futbolchilar doim jismoniy jihatdan ideal formada bo'lishlari lozim. Menga futbolchilarning maydonda nostandart fikrlashlari muhim. O'yinimiz chiroyli bo'lishi va eng muhimi natija keltirishi lozim.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Лилль" ФК