Bellingem uchun kurashda MYUni nima orqaga tortyapti?

Sherzod Nurmatov
2 mar 2023, 10:35
"Manchester Yunayted"ning sotilishi bilan bog'liq jarayon klubning Jud Bellingem uchun kurashiga ta’sir qilmoqda.

Ingliz klubi so'nggi bir necha haftalarda butunlay sotib yuborilishi borasida xabarlar tarqalgandi. Klubning ehtimoliy sotuvidagi noaniqlik bazi o'rinlarda ta’sirini ko'rsatmoqda.

"Qizil iblislar" Angliya terma jamoasi va "Borussiya" Dortmund yulduzi Jud Bellingem uchun asosiy da'vogarlardan biri bo'lib kelayotgan edi. Biroq hozirga kelib APL vakili boshqa raqobatchilaridan orqada qolayotgani aytilmoqda.

"Liverpul", "Real" va "Manchester Siti" nemis klubining 19 yoshli yarim himoyachisi uchun jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bellingem katta ehtimol bilan yozgi transferlar oynasida klubini almashtiradi. 

Gleyzerlar oilasi shu paytgacha "Old Trafford"ga egalik qiluvchi klub uchun da'vogarlardan kamida ikkita aniq taklif olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN