"Bellingem maydonda juda etuk ko'rinadi" - Klopp

Sherzod Nurmatov
26 dek 2022, 12:57
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya terma jamoasi va Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.

Avvalroq mersisaydliklar futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri ekani xabar qilingandi.

"Bellingem – ajralib turadigan o'yinchi, u Jahon chempionatini ajoyib o'tkazdi. Jud maydonda juda etuk ko'rinadi, go'yo u 19 emas, 28 yoshda. Hamma uning nimalarga qodirligini biladi, lekin moliyaviy jihatdan qanday kelishuv bo'lishini tasavvur ham qila olmayman", – dedi Klopp.

Bellingem 2022/23 yilgi mavsum Dortmundning "Borussiya" jamoasi safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2022 yilgi Jahon chempionatida u Angliya terma jamoasi safida 5 ta o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Transfermarkt.com portali yarim himoyachining transfer qiymatini 110 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian