Bellingem La Liga doirasidagi 2 ta o'yinni o'tkazib yuboradi. "Real"ning apellyaciyasi rad etildi

Sherzod Nurmatov
8 mar 2024, 19:50
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem La Liganing 2 ta o'yinida qatnashmaydi.

Madrid klubining angliyalik futbolchini diskvalifikaciya qilish qarori ustidan bergan apellyaciyasi rad etildi. Sud o'z qarorini o'z kuchida qoldirdi. 

Shu tariqa Bellingem Ispaniya chempionati doirasidagi "Selta" va "Osasuna"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, Bellingem "Valensiya"ga qarshi o'yinda hakamning qaroridan norozi bo'lgani uchun qizil kartochka olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/partidazocope