Bellingem jarohat oldi. U qancha muddatga safdan chiqdi?

Alisher
11 fev 2024
Jud Bellingemda bog'lamlarning cho'zilishi tashhisi qo'yildi.

Bellingemni kecha "Jirona" (4:0)ga qarshi o'yinning 57-daqiqasida jarohat sabab almashtirishdi, "Real" bugun yarim himoyachiga chap tovonning cho'zilishi tashhisi qo'yildi.

La Sexta jurnalisti Xose Luis Sanchesning ma'lumotiga ko'ra, Bellingem 2-3 haftani o'tkazib yuboradi.

Shunday ekan, Jud "RB Leyptsig"qarshi CHL 1/8 finalning ilk o'yini, shuningdek La Liga doirasidagi "Rayo Valekano", "Sevilya" va "Valensiya"ga qarshi bahslarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Jurnalist Arancha Rodrigesning yozishicha, Bellingem 6 mart kuni bo'lib o'tadigan "Leyptsig"ga qarshi javob o'yiniga tayyor bo'ladi.

Bellingem joriy mavsum "Real" tarkibida 29ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com