Belgiyaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
1 fev 2019, 16:08
Belgiya futbol federatsiyasi milliy jamoaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

So'rovnomada eng ko'p ovoz to'plagan "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar yil futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi. London klubi futbolchisi deyarli 15 ming ovoz to'pladi. Keyingi o'rinlarni Aksel Vicel ("Borussiya" D) va Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti") egalladi.

1. Eden Azar - 14 974ta ovoz

2. Aksel Vicel - 3 801

3. Kevin De Bryuyne - 2 005

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia