Belgiyada korrupsiyada ayblanib, 25 kishi qo'lga olindi. Ular ichida ikki FIFA hakami ham bor

11 okt 2018, 08:50
Transfer tovlamachiliklari ommaga ma'lum qilindi.

Qo'lga olingan 25 kishi ichida: Futbol agentlari Mogi Bayat, Deyan Velkovich va Karim Veyatti, “Bryugge” bosh murabbiyi Ivan Leko, “Anderlext” sobiq sport direktori Xeman van Xolsbek, shuningdek, ikki FIFA hakami Sebasten Delferer va Bart Fertenten ham bor.

UEFA Sebasten Delfererni Gruziya-Andorra o'yinidan olib tashladi.

Ivan Lekoni so'roq qilishgan, navbat hali agentlarga yetib kelmadi. Huquq-tartibot organlari qo'lga olinganlarni korrupsiya, pul yuvish va kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishda gumon qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Het Laatste Nieuws