Belgiya TJ ustozi APL klubi bilan muzokara o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
25 may 2021, 21:35
Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Belgiya termasi bosh murabbiyi Roberto Martines “Tottenxem” vakillari bilan uchrashgan. Avvalroq, ispaniyalik Angliyada “Suonsi”, “Uigan” va “Everton”da ishlagandi. U 2016 yildan beri Belgiyani boshqarmoqda.

Eslatib o'tamiz, “shporlar” rahbariyati 19 aprel kuni Joze Mourinyuni iste'foga chiqardi. Uning o'rnida esa vaqtincha Rayan Meyson ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports