Belerin uchun yana bir xaridor bor

Mirjalol Normatov
5 iyun 2021
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Marca" xabariga ko'ra, "matraschilar" futbolchi borasida "Arsenal"ga taklif ham yuborgan. Agarda Kiran Tripper "Atletiko"ni tark etadigan bo'lsa, klub uning transferini amalga oshirishga harakat qiladi. Shuningdek, ispan klubi futbolchilarni almashtirish taklifi bilan ham chiqqan.

Belerin esa Ispaniyaga qaytishni va ko'proq o'yin amaliyotiga bo'lishni istamoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal