Belerin ECHdagi har daqiqa uchun Londondagi yong'in jabrlanuvchilariga 50 funt xayriya qiladi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2017, 17:51
"Arsenal" va Ispaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisi Ektor Belerin Londondagi 24 qavatli ijtimoiy uyda sodir bo'lgan yong'in jabrlanuvchilariga yordam berishin ma'lum qildi.

Yong'in natijasida kamida 30 kishi halok bo'ldi, 24 kishi kasalxonada, ularning 12 nafari og'ir ahvolda. O't o'chiruvchilarning ma'lumotlariga ko'ra, 120ga yaqin oila yong'indan jabrlangan bo'lishi mumkin.

"Londondagi yong'in jabrlanuvchilariga yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida o'tkazgan har bir daqiqa uchun 50 funtdan hayriya qilaman" - deydi Belerin.

Ispaniya terma jamoasi 17 iyun kuni Makedoniyaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com