Belerin: "Barselona"ga o'tishimni kutmagandim"

Sherzod Nurmatov
3 sen 2022, 13:36
"Barselona" himoyachisi Ektor Belerin Kataloniya klubiga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Men bu yerda bo'lishimni kutmagandim, lekin baxtliman. Bu hamma qilishni xohlaydigan narsalardan biri. "Barselona"ga qaytishimga yordam bergan odamlardan juda faxrlanaman va minnatdorman", – dedi Belerin klub matbuot xizmatiga.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli Belerin "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yoshida "Arsenal"ga o'tgan. 

O'tgan mavsumni esa ijara asosida "Betis"da o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com