Belarus chempionati. Umarov rasmiy debyutida ham gol urdi va BATE yirik hisobda g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
14 mar 2021, 23:10
Musobaqa ilk turidan o'rin olgan BATE – “Sluck” bellashuvida mezbonlar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Shohboz Umarov 5-daqiqadayoq hisobni ochishga erishdi. 2-taymda esa Nemanya Milich va Maksim Skavish ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Qayd etish joiz, Umarov borisovliklar safidagi ilk rasmiy o'yinida ham gol urishga erishdi. Bungacha esa u o'rtoqlik uchrashuvida "Dinamo" (Kiev) darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'lgandi.

BATE – Sluck 3:0 (1:0, 2:0)

"stadion FK Minsk"

Gollar: 1:0 – 5 Umarov, 2:0 – 57 Milich, 3:0 – 84 Skavish.

BATE – Chichkan, Ribak (Supranovich, 87), Nechaev, Filipovich, Filipovich, Karasev (Nosko, 66), Yablonskiy, Nexaychik, Umarov (Malkevich, 86), Milich (Skavish, 66), Signevich (Villumsson, 73).

"Sluck" – Xaritonov, Rashhenya, Velko (Potapenko, 88), Obrazov (Klochkov, 79), Anyukevich, Sasin, Semenov (Glebko, 72), Butarevich, Bocherov (Sachkovskiy, 72), Jevnerov, Alfred (Vergeychik, 72).

Ogohlantirishlar: Bocherov (46), Ribak (52), Butarevich (53), Nechaev (70), Sachkovskiy (80).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia