Belarus chempionati. "O'zbek derbisi"da kuchlar teng keldi, Ubaydullaevdan gol

Sherzod Nurmatov
22 avg 2021
Belarus oliy ligasi 20-turida "Energetik-BGU" – BATE uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'ziga xos derbida mezbonlar tarkibida hamyurtlarimiz – yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov va hujumchi Shahzod Ubaydullaev o'yinni asosiy tarkibda boshladi. Ikkinchi bo'limda aynan Abdumannopov o'rniga boshqa bir o'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov maydonga tushdi.  

BATE safidagi yurtoshimiz Shahboz Umarov doimgidek boshlang'ich tarkibda maydonga tushib, to'liq 90 daqiqa harakatlandi.

Energetik-BGU – BATE 1:1 

"Shahar" stadioni

Gollar: Ubaydullaev 12' – Milich 17'

Energetik-BGUMakavchik, Sokol, Lavrik (Bulichev, 64), Miroshnikov, Girs (Omelyanchuk, 75), Svirepa, Musaxanyan, Abdumannopov (Abdixoliqov, 46), Rilach, Ubaydullaev (Mamadu, 66), Papariga (Makushinskiy, 60).

BATE Dergachev, Bordachev, A. Filipovich, YA. Filipovich, Nechaev (Ribak, 15), Karasev, Bessmertniy (Vasilevich, 74), Volkov, Umarov, Milich (Yusov, 79), Signevich.

Ogohlantirishlar: Volkov (48), Miroshnikov (49), Bulichev (80), Rilach (90+3).



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia