

Azizbek Sulaymonov iste'foga chiqarilgach, ko'p o'tmay Alisher Uzoqov rahbar etib tayinlangan edi. Ammo kuni-kecha yana o'zgarish sodir bo'lgan. Aytishlaricha endilikda viloyat futbol federatsiyasida vice-prezident lavozimida Bekzod Karimov faoliyat yuritadigan bo'ldi. Ma'lumot uchun, bunga qadar Viloyat bolalar va o'smirlar futbol maktabida rahbarlik qilib kelgan Karimov 2015 yili aynan Andijon viloyat futbol federatsiyasida vice-prezident sifatida ishlagandi.




