Bekzod Karimov - Andijon VFF vice-prezidenti

Narzulla Saydullayev
28 dek 2014, 09:35
Andijon viloyati futbol Federatsiyasiga rasman yangi vice-prezident tayinlandi.
Unga ko'ra o'z vaqtida “Andijon”, “Shahrixon”, “Buxoro” va “Paxtakor” yoshlar jamoasida harakat qilgan Bekzod Karimov endilikda ushbu lavozimda faoliyat yuritadigan bo'ldi. 27 yoshli Karimov og'ir jarohat tufayli futbolchilikni yakunlagandi.

Eslatib o'tamiz, Ilhomjon Ustaxonovdan keyin ushbu lavozimda vaqtincha Elyor G'ulomov ishlab kelayotgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia