Bekxemning fikricha Runi hali yana besh yil terma jamoada o'ynay oladi

Aziz Tukhtamuradov
9 sen 2015
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem kecha yangi rekord qayd etgan Ueyn Runi haqida gapirib o'tdi.

"O'ylaymanki, Ueyn terma jamoada yana besh yil o'ynay oladi. Aynan shunday bo'lishiga umid qilaman. Chunki u katta istedod sohibi. Terma jamoa uning uchun nima ekanligini barcha biladi. Ishonchim komilki, to'purarlar ro'yxatidagi yetakchilik Runining klub safida qo'lga kiritgan sovrinlaridan ham qadrliroq bo'ladi", - deydi Bekxem.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru