Bekxem Zidan bilan muzokara o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018, 11:05
Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem "Inter Mayami" klubidagi ish uchun Zinedin Zidan bilan muzokara o'tkazdi.

Ushbu klub egasi hisoblanadigan Bekxem fransiyalik mutaxassisni "Inter Mayami"da ko'rmoqchi. Klub 2020 yildan boshlab MLSda ishtirok eta boshlaydi. Jamoa 25 ming kishiga mo'ljallangan shahar markazidagi stadionda o'ynaydi. Arena qurilishi uchun 200 mln dollar sarflanadi.

Oldinroq, Bekxem klubga "Barselona" hujumchisi Lionel Messini taklif qilmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror