Bekxem klubi "Inter Mayami"ga bir yo'la "Real"ning ikki yulduzini jalb qilmoqchi

Alisher
11 yanv 2020
"Inter Mayami" MLSdagi debyutga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa xo'jayini Devid Bekxem "Real"ning ikki o'yinchisini ko'z ostida olib qo'ygan.

Amerika klubi "qirollik klubi" xavbeklari Luka Modrich va Garet Beyllar bilan shartnoma imzolamoqchi.

Xorvatiyalik futbolchining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi shu yilning iyun oyida, uelslik futbolchining shartnomasi esa 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, "Inter" MLSdagi debyutini 22 fevral kuni "Dallas" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: El Desmarque