

Argentina finalda penaltilar seriyasiga ko'ra Fransiyani mag'lub etdi (3:3, pen. – 4:2).

"Qirol Leo Messi", – deb yozdi Bekxem ijtimoiy tarmoqlarda stadiondan olingan suratni joylab.
Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Avvalroq argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu musobaqada chempion bo'lishgan.
35 yoshli Messi JCH-2022da 7 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.



