Bekxem faoliyatining so'nggi yilida 26 million dollar ishladi

8 okt 2013, 13:47
Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekxem shaxsiy homiylardan topgan pullari faoliyatining so'nggi yilida 26 million dollardan oshib ketdi, deya xabar bermoqda AP.
Bekxemning Footwork Productions hisob raqamlaridagi ma'lumotlar futbolchining so'nggi yildagi daromadi 26,6 million dollarni tashkil etganini tasdiqlamoqda. Bu hisobga uning "Geleksi"dan olgan 4 million dollar maoshi qo'shilmadi.


Manba: football.kulichki.net