Bekobodlik futbol muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
6 mar 2020, 12:28
Bugun Bekobod shahrida 2020 yilgi Superliga doirasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tadi.

"Metallurg" klubi o'z maydonidagi ochilish o'yinini "Qo'qon-1912" klubiga qarshi o'tkazadi. Ananaga muvofiq bahsdan avval stadionda mavsumning tantanali ochilish marosimi o'tkaziladi. Mazkur uchrashuv oldidan stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarga koncert dasturi taqdim etiladi.

"Metallurg" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi soat 18:15da start olsa, 17:00dan boshlab koncert dasturi boshlanadi.

Barcha bekobodlik futbol ishqibozlarini bugun, 6 mart kuni "Metallurg" stadioniga taklif qilamiz va ajoyib koncert dasturini tomosha qilib, so'ngra o'z suyukli jamoalarini qo'llab-quvvatlab, yangi mavsumni g'alaba bilan boshlashga o'z hissalarini qo'shishga chorlab qolamiz!

Chiptalar stadion kassalarida 6000-10000 so'mdan sotilmoqda.

Superliga, 2-tur.
6 mart, juma.
"Metallurg" - "Qo'qon-1912" (18:15)
Bekobod shahri, "Metallurg" stadioni.
Koncert dasturi boshlanish vaqti: 17:00

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia