Beyl: Hozirgi vaqtda Ronaldu bilan hech kim tenglasha olmaydi

Omonjon To`xtamirzayev
25 noya 2013, 10:15
"Real Madrid" futbolchisi Garet Beyl 2012/13-mavsumning eng yaxshi o'yinchisiga atalgan "Oltin to'p" sovrini uchun kurashda yaqqol nomzod kimligini aytdi.

Beylning fikricha bu "Qirollik klubi" yulduzi Krishtianu Ronaldu ekan.

"Men uchun Krishtianu jahonning eng yaxshi o'yinchisi va bugungi kunda men uning darajasidagi futbolchini ko'rmayapman. Portugaliya milliy terma jamoasi safida maydonga tusharkan, kuchli bosim ostida qolgan Ronaldu yana bir bor, jahon darajasidagi futbolchi ekanligini isbotladi. Takrorlayman, men uchun u jahonning eng zo'ri va "Oltin to'p" aynan unga topshirilishi kerak, - deya fikrlarini bildirdi uelslik futbolchi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: сhampionat.com