Behruz Sadilloev "Qizilqum"dan kyetish sababini aytdi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022
"Qizilqum" jamoasini tark etgan futbolchi Behruz Sadilloev keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin amaliyoti kam bo'lishini sezganim uchun  "Qizilqum"ni tark etishga qaror qildim. Nima ham derdim, bu - futbol. Kelajagim borasida yangi murabbiy bilan gaplashganim yo'q. 

To'g'ri yangi mavsumga tayyorgarlikni shu jamoada boshladim. Lekin hozir bu erda emasman. Boshqa jamoaga o'tishim borasida biror narsa, deya olmayman. Aniq to'xtamga kelmadim. Takliflar bor. Ammo shoshilib kuchsiz chempionatga borishni istamayman", - deydi Behruz Sadilloev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia