BBC MYUga oid rasmiy ma'lumotni ulardan oldin e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018
"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou klub bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

BBC bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi va mankunianlar o'rtasidagi yangi bitim 2023 yilgacha mo'ljallangan. Uning shartlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi o'z klubida haftasiga 150 ming funt ishlab topadi.

Eslatib o'tamiz, Shou 2014 yilda "Sautgempton"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Futbolchining avvalgi shartnomasi 2018-2019 yilda yakuniga etardi.

Joriy mavsum Shou 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC