Bayi: "Messi va Ronaldu orasidan Ramosni tanlayman"

Alisher
25 fev 2021, 17:16
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu borasidagi savolga javob berdi.

"Messi va Ronaldu orasidan Ramosni tanlayman. U meni hammadan ko'ra ko'proq ilhomlantiradi. Men u bosib o'tgan yo'lga va hozirga qadar yuqori darajada o'ynashidan lol qolaman.

Men uchun u futbol tarixidagi eng kuchli o'yinchilardan biridir. Har kimning o'z fikri bor, ammo menga ideal aynan Ramosdir", - deydi Bayi.

Eslatib o'tamiz, Serxio Ramos so'nggi vaqtlarda jarohati sabab "Real"ga yordam bera olmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: youtube.com/c/GuillemBalagueYouTube