Bayi: "Manchester Siti"ga o'taman deb o'ylagandim, ammo Mourinyo qo'ng'iroq qildi va MYUga chaqirdi"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2017, 11:11
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirib berdi.

"Menga Portugaliya raqamidan qo'ng'iroq qilib, bu Mourinyo ekanligini aytishganida Kot-d'Ivuarda edim - avvaliga ishonmadim. MYUga o'tishdan oldin "Manchester Siti"ga o'taman deb o'ylaganman, chunki ular meni ko'p kuzatishgan. Ammo hammasi o'zgarib ketdi" - deydi Bayi.

Erik Bayi 2016 yil 38 mln. evro evaziga "Vilyarreal"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Joriy mavsum u MYU safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror