“Bayer”ning 51 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi o'z yakuniga etdi

Administrator
23 may 2024
“Atalanta” “Bayer” ertagiga yakun yasab berdi.

Yevropa ligasi finalida “Atalanta”dan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatdan (0:3) so'ng “Bayer”ning 51 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi o'z nihoyasiga etdi. 

“Bayer” bunga qadar oxirgi marta o'tgan mavsumning may oyida mag'lub bo'lgandi. Klub shundan beri 42 ta g'alaba va 9 ta durang qayd etgandi. Yevropa ligasi finalidagi mag'lubiyat ushbu seriyaga nuqta qo'ydi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia