“Bayer” ustozi Azmunning sog'lig'i haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
9 fev 2022
“Bayer” bosh murabbiyi Xerardo Seoane hujumchi Sardor Azmunning holati bo'yicha ma'lumot berdi.

“Jarohati hali ham uni bezovta qilmoqda, u davolanishga muhtoj. Qachon tayyor bo'lishini aniq aytolmayman. Azmun ajoyib formaga kirishi uchun esa yana 3-4 hafta kerak bo'ladi. Bu uning shu vaqtdan oldinroq qaytmasligini anglatmaydi. U individual mashqlarni bajarmoqda”, deydi Seoane.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Bild