"Bayer" rahbariyati Klinsmanni jamoa bosh murabbiyli sifatida ko'rmayapti

Aslanov Jasurbek
9 mar 2017
"Bayer" rahbariyati Germaniya va AQSH terma jamoalari sobiq ustozi Yurgen Klinsmanni kelasi mavsum uchun bosh murabbiy sifatida ko'rmayapti. Bu haqda nemis klubi prezidenti Mixael Shade ma'lum qildi.

"OAVdagi Klinsman haqida e'lon qilingan ma'lumotdan hayratlandim. Uning ismi bizning ro'yxatlarda yo'q. U ham bizdek hayratlangan bo'lsa kerak" - deydi Shade.

6 mart kuni Tayfun Korkut "Bayer" bosh murabbiyi deb e'lon qilindi. U mavsumning oxirigacha klubni boshqaradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal