"Bayer" Alonsoni qo'yib yubormoqchi emas

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2024
"Bayer" Xabi Alonso klubda yana bir mavsum qolishiga reja qilyapti.

Leverkuzen klubidagilar "Liverpul" Yurgen Klopp mavsum oxirida kyetishi tufayli 42 yoshli mutaxassisga qiziqish bildirayotganini bilishadi.

Biroq "Bayer"dagilar optimizmni saqlagan holda, Alonso klubni yozda tark etmasligiga ishonishmoqda. Murabbiy 2024/25 mavsum uchun tarkibni shakllantirish rejasiga jalb qilingan.

Ispaniyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal