

Baxtiyor Namozov Polsha va Braziliya o'rtasidagi o'yinda bosh hakam vazifasini bajardi. Unga guamlik Migel Lopes hamda Solomon orollari vakili Ugo Pado yordam berdi. Vaqt nazoratchisi bo'lib Ibrohim al-Mansuriy ishladi. Ushbu bellashuvda braziliyaliklar 7:4 hisobida g'alaba qozondi.
Avvalroq o'zbekistonlik hakam JCH doirasidagi Braziliya va Taiti (4:1) o'rtasidagi o'yinda vaqt nazoratchisi bo'lib ishlagani haqida xabar berilgandi.
Ma'lumot uchun, plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati 27 aprel kuni start oldi va unda 16 mamlakat terma jamoasi ishtirok etmoqda. Musobaqa 7 may kuniga qadar davom etadi.



