Baxtiyor Mametov: “Qosimovning mahalliy jurnalistlarga intervyu bermaganligi haqidagi gaplar yolg'on”

14 noya 2013, 21:43
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Xanoy shahridagi "May Din" stadionida Osiyo Kubogi-2015 saralashi doirasida Vetnamga qarshi maydonga tushadi.
Muxbirimiz Kamoliddin Alimov ayni paytda Xanoyda bo'lib turgan terma jamoamiz matbuot kotibi Baxtiyor Mametovdan qisqa intervyu oldi.

"O'yinga tayyorgarlik ancha yaxshi bo'ldi. Lekin, Vetnamga uchib kelishimiz oson kechmadi. Umumiy olganda, Toshkentdan Seul orqali Xanoiga yetib olishimiz uchun 14 soat ketdi. Shu bois, murabbiylar shtabi yigitlar o'zlariga kelib olishlari uchun ularga dam berishdi. Xanoidagi ilk kunimizda mashg'ulot uzoq davom etmadi. Unda hammaning kayfiyati a'lo darajada edi. Barcha Shavkat Salomovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Mirjalol Qosimovning mahalliy jurnalistlarga intervyu bermaganligi haqida aytilgan gaplar yolg'on. Mirjalol Qo'shoqovichdan hech kim intervyu so'ramadi. Aksincha, Rustam Akramovdan so'rashgandi, terma jamoamiz texnik direktori intervyu berdi. Mahalliy  matbuotning o'yinga bo'lgan qiziqishi juda baland. Bugun bo'lib o'tgan matbuot anjumanida 20dan ortiq jurnalist qatnashdi. Terma jamoamiz delegaciyasi Xanoyning qoq markazida yashayapti. Besh yulduzli mehmonxona stadiondan 5 daqiqalik yo'lda joylashgan. Ko'chalarda o'yin bilan bog'liq afishalar, banerlar etarli. Bir so'z bilan aytganda, ertaga "May Din" stadioni muxlislar bilan to'lishi kutilyapti. Xullas, hammasi joyida va jamoa o'yinga tayyor".

Manba: championat.asia