Baxtiyor Davlatov xotira turniri: "Nasaf-2003" - finalda

Narzulla Saydullayev
29 apr 2017
Avval xabar berganimizdek, Yangier shahrida annanaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan Baxtiyor Davlatov xotira turniri bo'lib o'tmoqda.

Mazkur turnirda  “Nasaf” futbol maktabi 2003 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar  ham turnirda munosib ishtirok etishmoqda.
Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev murabbiyligidagi “Nasaf-2003” jamoasi o'z guruhida to'rt uchrashuvni yuqori saviyada o'tkazib musobaqa finalga yo'l olishdi.
Vohalik yosh charm to'p ustalari  turnir chempionligi uchun kechadigan bahsda  maydon egalari Yangierlik tengdoshlariga qarshi maydonga saf toritishadi. Ushbu uchrashuv “Yangier” markaziy o'yingohida  bugun soat 12:00 da start oladi.

Yosh “nasaf”chilar  to'rt  uchrashuvda ham raqiblarini ayab o'tirishmadi va ular o'z tengdoshlarini  yirik hisoblarda taslim etishdi.  Aytish joizki, Jasur Ibragimov  va Umar Rahmatullaev shogirdlari “Nasaf” futbol maktabi muzeyini turnir kubogi bilan boyitishni maqsad qilgan.

Jamoa yarim himoyachisi Shahzod A'zamov raqiblar darvozasiga 7 to'p kiritib  to'purarlar bahsida  karvonboshlik qilmoqda.

“Nasaf-2003” jamoasining yana bir hujumchisi Elbek Bo'riev ham to'rt uchrashuvdan so'ng gollari sonini beshtaga etkazdi. U  jamoadoshi bilan turnir to'purarlik bahsida raqobatlik qilmoqda.

Samad Rahimov murabbiyligidagi  “Sho'rtan-2003” jamoasi  ham bugun musobaqaning uchinchi o'rini uchun kechadigan uchrashuvida “Jizzax” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.

“Nasaf-2003” – Chimkent (Qozog'iston) 8-1
“Nasaf-2003” – Namangan  Futbol internati (Namangan) 6-3
“Nasaf-2003” –“Sho'rtan-2003”  (G'uzor) 5-0
“Nasaf-2003” –“Guliston”  (Sirdaryo) 7:3

Faxriddin Choriev   


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia