

“Murabbiy sifatida bu mag'lubiyatdan keyin fikr bildirish ham qiyin. "Nasaf" hozirgi paytda oliy ligamizda o'yin tashkil etish bo'yicha, hujumlar uyushtirish borasida juda kuchli hisoblanadi. Biz "Paxtakor" bilan ham, "Bunyodkor" bilan ham o'ynadik. Lekin "Nasaf" ulardan ko'ra ko'proq tashvish tug'dirdi, deyishim mumkin. Bugun olti nafar futbolchimiz o'ynamadi va bu narsa ham o'yinga o'z ta’sirini ko'rsatdi. Lekin bugungi mag'lubiyatni murabbiy sifatida tan olib, "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi o'yinda maydonga tushgan futbolchilar asosiy tarkibga loyiq ekanliklarini isbotlashlariga umid qilgandim. Lekin raqib bizga imkon bermadi va haqli g'alabani qo'lga kiritdi. "Nasaf" chiroyli o'ynadi va maydonda yetakchi ekanligini isbotladi. Finalda kimning imkoniyati ko'proq? Aytib o'tganimdek, "Nasaf" hozirda o'yin tashkil etish bo'yicha boshqalardan ustun. Men o'zim "Bunyodkor"da o'ynaganman va klub rahbariyati bilan ham aloqam yaxshi. Lekin ayni paytda "Nasaf"ni O'zbekistondagi eng kuchli jamoa deb bemalol ayta olaman. Lekin shuni unutmaslik kerakki, finalda har ikkala jamoaning imkoniyatlari teng. Bizni qiziqarli final kutib turibdi", - dedi Baxtiyor Ashurmatov.



