"Bavariya"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum

Alisher
11 yanv 2020, 12:02
"Bavariya"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb 19 yoshli Alfonso Deyvis topildi.

Bu haqda myunxenliklar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari:

1. Alfonso Deyvis - 41%

2. Filippe Koutino - 32%

3. Robert Levandovski - 16%


19 yoshli kanadalik o'tgan oy "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 5ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Deyvis "Bavariya"dan oldin Kanadaning "Vankuver Uaytkeps" jamoasida o'ynagan. U 2017 yildan buyon Kanada terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcbayern